09:53
Rossiyada so‘nggi bir sutkada koronavirusga chalinganlar va vafot etganlar rekord darajaga yetdi

So‘nggi bir sutkada Moskvada 1 959 kishi koronavirusga chalingani aniqlandi. Moskva viloyatida esa 472 kishida qayd etilgan, deb xabar bermoqda Kasallikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab. Shu tariqa poytaxt hududida bir sutkada 2 431 kishi koronavirusga chalingan.

Moskvada 17-aprel kunduzgi holat bo‘yicha umumiy hisobda 18 105 kishi koronavirusga chalingan. Shulardan 1517 nafari tuzalgan, 127 nafari vafot etgan. Moskva viloyatida esa 3 526 kishida koronavirus tasdiqlangan, 105 nafar bermor sog‘aygan, 40 nafari vafot etgan. Shaharda O‘RVI bilan xastalangan barcha bemorlar karantinga olinmoqda.

So‘nggi sutka davomida Rossiyada ikkita statistik rekord o‘rnatilgan — qayd etilgan kasallanish holati (4070) va vafot etganlar soni (41 kishi) bo‘yicha. Umumiy hisobda 286 kishi tuzalgan. Shuningdek, Rossiyada koronavirusga chalingan o‘zbekistonlik ham vafot etgan.

Putin, Rossiyada, jumladan, Moskvada koronavirus epidemiyasi hali o‘z cho‘qqisiga yetmaganini ma’lum qilgandi. JSST vakili Rossiyadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirda ekanini bildirgan.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 141 | Добавил: Admin | Теги: Rossiyada so‘nggi bir sutkada koron | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close