17:02
Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 510 ming kishidan oshdi

Rossiyada so‘nggi sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 8987 ta holat qayd etildi, deb xabar bermoqda Meduza koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabning 12-iyun kuni bergan ma'lumotlariga tayanib.

Mamlakatda umumiy hisobda 511 423 kishi koronavirusga chalingan.

Yangi kasallanish holatlarining eng ko‘pi Moskva shahri (1714 ta), Moskva viloyati (730), Sverdlov viloyati (320) va Sankt-Peterburgda (274) qayd etilgan.

So‘nggi sutkada bemorlarning 183 nafari vafot etgan bo‘lib, mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon COVID-19 qurbonlarining jami soni 6715 kishiga yetdi.

Shuningdek, sutka davomida bemorlarning 8220 nafari tuzalgan bo‘lib, sog‘ayganlarning umumiy soni 269 370 kishini tashkil etmoqda.

Mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha so‘nggi sutkada 343 mingta, epidemiya boshlanganidan buyon esa 14,2 millionta test o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada kunlik kasallanishlar soni 11-iyun kuni 8779 ta, 9-iyun kuni 8595 ta, 8-iyun kuni esa 8985 tani tashkil etgandi.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 254 | Добавил: Admin | Теги: Rossiyada koronavirusga chalinganla | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close