18:34
Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 18 328 kishiga, vafot etganlar soni esa 170 kishiga yetdi

Rossiyada so‘nggi bir sutkada koronavirusga chalingan 22 kishi vafot etdi. Bu haqda Kasallikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabning Telegram kanalida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, vafot etgan 22 kishining 13 nafari Moskva shahrida, besh nafari Moskva viloyatida, ikki nafari Boshqirdiston Respublikasida, bir nafari Vladimir viloyatida va yana bir nafari Voronej viloyatida qayd etilgan.

Moskvada vafot etganlarning aksariyatida surunkali kasalliklar, shu jumladan, surunkali bronxit va gipertoniya bo‘lgan, besh nafar bemor qandli diabet bilan og‘rigan. Barcha kasallanganlarda o‘pkaning ikki tomonlama pnevmoniyasi kuzatilgan. Vafot etganlarning yoshi 29—80 orasida bo‘lgan.

Rossiyada so‘nggi bir sutkada 2774 kishida koronavirus aniqlangan. Mamlakatda 14-aprel holatiga ko‘ra, 18 328 kishida koronavirus qayd etilgan. Kasallikdan jami 170 nafar bemor vafot etgan, 1694 kishi tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda koronavirus hali o‘z cho‘qqisiga yetmaganini ma’lum qilgan edi. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi esa mamlakatda koronavirusga qarshi preparat ishlab chiqilganini e’lon qildi.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 149 | Добавил: Admin | Теги: Rossiyada koronavirusga chalinganla, vafot etganlar soni esa 170 kishiga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close