09:40
Rossiyada kechasi vovullagan itlarga ma’muriy jarima tayinlanishi mumkin

Rossiya Adliya vazirligi Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahririda amaldagi jarimalarni qoldirishga qaror qildi.

Ta’kidlanishicha, Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksda kechasi tinchlikni buzishga oid javobgarlikni kengaytirishga qaror qilingan — xususan, itlar vovullagani yoki avtomobil signalizatsiyasi nosozligi borasidagi harakatsiz shakldagi huquqbuzarliklarni ham jazolash taklif etilgan. Bu kabi qaror loyihaning jamoatchilik muhokamasidan so‘ng qabul qilingan.

Kodeksning yangi tahririda birinchi bor sodir etilgan mayda huquqbuzarlikka nisbatan jarima emas, ogohlantirish qo‘llanilishi taklif qilinmoqda.

Rossiya Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksining yangi loyihasi 30-yanvar kuni taqdim etilgan. Xususan, kodeksda tezlik cheklovini buzganlik uchun jarimalar miqdorini oshirish va ko‘plab ma’muriy huquqbuzarliklar muddatini uzaytirish nazarda tutilgan.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 160 | Добавил: Admin | Теги: Rossiyada kechasi vovullagan itlarg | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close