13:56
Rossiyada Di Kaprioga o‘xshash odam topildi

G‘arbiy OAV gollivudlik aktyor Leonardo Di Kaprioning Rossiyadagi o‘xshash odami haqida bayon qilmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Misol uchun, Access Hollywood “Rus Leosini qutlab oling”, ― deya bayon etmoqda. Nashrning ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlarning yangi qahramoni haqida hech narsa ma’lum emas. Uning fotosurati bor xolos.

2015-yilda ijtimoiy tarmoqlar artistning shvetsiyalik “nusxa”si ― 21 yoshli Konrad Annerudga tan berishgan edi.

Maxim jurnalining ma’lum qilishicha, “Leonardo Di Kaprioga o‘xshaydigan bitta odam yetmayotganligi aniq”. Nashrning ta’kidlashicha, ushbu ikkala “nusxa” bir-biriga o‘xshamaydi, lekin, “ularning ikkalasidayam Leoga o‘xshash joylari bor”.

Di Kaprioning taxmin qilinayotgan rus “nusxa”si GQ nashrini ham o‘ziga jalb qildi. Jurnal formadagi odamning kim ekanligini va nima bilan shug‘ullanishini so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Oskar – 2016”ning eng yaxshi aktyor mukofoti uchun Leonardo Di Kaprio (“O‘limdan qaytgan”) nomzod bo‘lganligi ma’lum qilingan edi.

Manba: Daryo.uz

Категория: Yangiliklar Foto | Просмотров: 1120 | Добавил: G‘anisher | Теги: Rossiyada Di Kaprioga o‘xshash odam | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close