06:50
Rossiyada COVID-19’ning “britancha” shtammini yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat aniqlandi

Rossiyada koronavirusning 2020-yil oxirida Buyuk Britaniyada tarqalgan yangi shtammini yuqtirib olish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etildi. Bu haqda Rossiyaning bosh sanitar vrachi Anna Popova ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Meduza.

Popovaning so‘zlariga ko‘ra, kasallangan shaxs yaqinda Buyuk Britaniyadan qaytgan Rossiya fuqarosidir. Uning aniqlik kiritishicha, kasallik dekabr oyining oxiridayoq aniqlangan edi.

Koronavirusning yanada yuqumli hisoblangan yangi B.1.1.7 shtammi ilk bor 2020-yil sentabrida Buyuk Britaniyada aniqlangan va dekabr oyi o‘rtalarida butun mamlakat bo‘ylab tarqalib ketgan edi. Bosh vazir Boris Jonson koronavirusning bu turi avval tarqalgan shtammlardan ko‘ra 70 foizga yuqumliroq ekanini ma'lum qilgan edi.

Rossiya koronavirusning yangi shtammi tufayli jahonning boshqa o‘nlab mamlakatlar qatori Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni vaqtincha to'xtatgan edi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 7-yanvar holatiga ko‘ra koronavirusning “britancha” shtammi Yevropaning 22 mamlakatida aniqlanganini ma'lum qilgan edi.

Olimlar va farmatsevtika kompaniyalari vakillari koronavirusga qarshi vaksinalar yangi shtammga ta’sir qilmaydi, deb taxmin qilish uchun hozircha asoslar yo‘qligini ta’kidlagan.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 206 | Добавил: Admin | Теги: Rossiyada COVID-19’ning “britancha” | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close