. Rossiya Xubey provinsiyasidagi o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishni boshladi - 1 Февраля 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Сб, 29.02.2020, 09:19
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2835]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 275

Статистика


13:11
Rossiya Xubey provinsiyasidagi o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishni boshladi
Rossiya koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat sababli Xitoyning Xubey provinsiyasidan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish chora-tadbirlarini boshlaganini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Xubey provinsiyasidan mustaqil ravishda chiqib ketishning iloji yo‘q, chunki hududda karantin joriy etilgan.

31-yanvar kuni Rossiyada koronavirusga chalinish bo‘yicha dastlabki ikki holat qayd etildi. Mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikovaning ma’lum qilishicha, koronavirus sababli Rossiya—Mo‘g‘uliston chegarasini kesib o‘tish cheklangan hamda Uxan shahri va Xubey provinsiyasini tark etishni istagan rossiyaliklarni evakuatsiya qilish boshlanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Uxanda 300, Xubeyda 341 nafar Rossiya fuqarosi bor.

Evakuatsiya qilingan fuqarolar Rossiyada aeroportga qo‘nishlari bilanoq qo‘shimcha epidemiologik nazoratdan o‘tkaziladi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 32 | Добавил: Admin | Теги: Rossiya Xubey provinsiyasidagi o‘z | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Февраль 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020