Сб, 22.09.2018, 23:41
Приветствую Вас, Mexmon

17:26
Rejissor Jahongir Ahmedov 100 qismli tarixiy serial suratga olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Suratga olish ishlari uch yil davom etadi
Rejissor Jahongir Ahmedov uch yil davomida suratga olinadigan, 100 qismli tarixiy serial ustida ish boshladi. Bu haqda rejissor jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Islomxo‘ja” tarixiy badiiy-publisistik filmi bizning jamoamiz uchun katta dars bo‘ldi. “Islomxo‘ja” filmidan so‘ng ko‘plab mutaxassislar, ustozlar va, ayniqsa, filmni tomosha qilishga ulgurgan tomoshabinlar tomonidan film ijodkorlari tarixiy serial olishga tayyor ekan, degan fikrlar, talablar bois serial suratga olishga dastlabki tayyorgarlik ishlarini boshladik.

Jahongir Ahmedov, rejissor

Rejissor mazkur serialda chet ellik kino ijodkorlar hamda aktyor va aktrisalarni jalb qilmasligini quyidagicha izohladi.

O‘zimizning tariximizni faqat va faqat o‘zimizning aktyor va aktrisalarimiz ijro etishini xohlayman. Axir aktyor va aktrisalarimiz tarixiy filmlarda suratga tushishni necha yillardan buyon kutishmoqda. Shunday imkoniyat tug‘ilganda biz rejissorlar chet ellik jahon kinoyulduzlariga murojaat etsak, bu adolatdan bo‘lmaydi, deb hisoblayman.

Jahongir Ahmedov, rejissor

Rejissor mazkur serialning qaysi tarixiy shaxs haqida ekanligini sentabr oyining o‘rtalarida ma’lum qilishini aytdi.

Hozircha serial aynan qaysi tarixiy shaxs yoki davr haqidaligini ijodiy jamoamiz siri bo‘lgani sababli ma’lum qilolmayman. Ammo serial taxminan besh fasldan iborat bo‘lib, har fasli 20 qismli, jami 100 qismli katta va keng qamrovli serial bo‘ladi. Bu serialda nafaqat o‘sha davrda yurtimizdagi jarayon, balki qo‘shni davlatlardagi jarayonlar ham aks etadi. Shu nuqtayi nazardan serial keng qamrovlilik kasb etadi.

Biz tarixiy serial suratga olishga tayyormiz. Ayni kunlarda serialga homiylik qilishni xohlagan tashkilotlar, brendlar hamda homiylar bilan muzokoralar bo‘lib o‘tmoqda. Katta va keng qamrovli tarixiy serial katta mablag‘ hisobiga suratga olinishi barchaga ma’lum. Shu sababli biz bu jarayonga alohida e’tibor qaratishga, homiylar bilan hamkorlik qilishga tayyormiz.

Jahongir Ahmedov, rejissor
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 68 | Добавил: Admin | Теги: Rejissor Jahongir Ahmedov 100 qisml | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar