09:18
Rasman: Alisher Usmonov “Paxtakor” klubi aksioneriga aylandi
Toshkentning “Paxtakor” klubi
aksioneri sifatida Alisher
Usmonov tanishtirildi. Bu
haqda “Championat.asia” sayti
xabar berdi.

Bugun — 10-aprel kuni klubda
yig‘ilish o‘tkazilgan bo‘lib, unda
“Paxtakor” aksiyalari Alisher
Usmonovga tegishli ekani
e’lon qilingan.

Xabarda keltirilishicha,
O‘zbekiston Paralimpiya raisi
o‘rinbosari Umid Ahmadjonov
“Paxtakor” klubining yangi
bosh direktori etib
tayinlangan. Bunga qadar shu
lavozimda Rustam Ko‘paysinov
ishlab kelayotgandi.

Alisher Usmonov “Paxtakor”
aksiyalarining hammasiga
egalik qiladimi yoki ma’lum
qismiga — oydinlik
kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, Alisher
Usmonov ayni vaqtda
Londonning “Arsenal” jamoasi
aksionerlaridan biri,
shuningdek, u Angliyaning
yana bir jamoasi
“Everton”ning asosiy
homiylaridan hisoblanadi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 495 | Добавил: Admin | Теги: Rasman: Alisher Usmonov “Paxtakor” | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close