. Qozog‘iston prezidenti koronavirus tufayli 8-mart konsertini bekor qildi - 2 Марта 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Ср, 01.04.2020, 23:24
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2871]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 276

Статистика


15:01
Qozog‘iston prezidenti koronavirus tufayli 8-mart konsertini bekor qildi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 8-mart—Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Nur-Sultonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsert va yig‘ilishni bekor qildi, deb yozadi Tengrinews.

“Nur-Sultonda xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali yig‘ilish va konsertni bekor qilishga qaror qildim. Bu butun dunyo bo‘ylab koronavirusning tarqalishi munosabati bilan xavfsizlik nuqtayi nazaridan amalga oshirildi”, — deb yozadi prezident Twitter’da.

Qosim-Jo‘mart To‘qayev ayollarga baxt, salomatlik va xotirjamlik tilagan.

Eslatib o‘tamiz, butun dunyo bo‘ylab yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 88 232 kishiga yetdi.

Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda so‘nggi bir sutka ichida 42 ta o‘lim holati qayd etilgan bo‘lib, yana 202 kishida koronavirus aniqlangan.

Avvalroq Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Koreyada bo‘lib turgan va ushbu davlatga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat qilib, koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Transport vazirligi Janubiy Koreya aviatsiya idoralari 1-martdan boshlab ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlarda vaqtinchalik cheklash choralari joriy qilinishi to‘g‘risida rasman xabardor qilgandi.

Shuningdek, Koronavirusning O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida 1-mart kunidan Afg‘oniston, Eron va Italiya bilan aviaqatnovlar vaqtinchalik to‘xtatildi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 26 | Добавил: Admin | Теги: Qozog‘iston prezidenti koronavirus | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Март 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020