Чт, 13.12.2018, 14:38
Приветствую Вас, Mexmon

08:21
Qozog‘iston O‘zbekistonga Lada Vesta avtomobillarini eksport qilmoqchi
O‘zbekistonda Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan va olib kirilayotgan yangi avtomobillarga nisbatan aksiz solig‘ining mashina bojxona qiymatining 2 foizigacha qisqartirilgani qozoq avtomobil ishlab chiqaruvchilariga yangi imkoniyatlar yaratdi. Spot’ning “KazAvtoProm” (“Qozavtosanoat”) boshqaruvi raisi Oleg Alfyorovga asoslanib xabar berishicha, bu holda Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan Lada Vesta avtomobili O‘zbekiston bozoriga kirish uchun birinchi nomzod bo‘lib turibdi.

“O‘zbekiston bozorida siqilgan gazda harakatlanuvchi avtomobillar Qozog‘istondagidan ko‘ra xaridorgir. Bu qozoq avtosanoati o‘z o‘rniga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tarmoqlardan biridir. ‘Aziya Avto’ zavodi bugungi kunda gaz ballon uskunalari bilan ta’minlangan avtomobillarni seriyalab ishlab chiqarishga tayyor”, — dedi Alfyorov.

Alfyorovning fikricha, Chevrolet avtomobillarini hisobga olmasa, O‘zbekiston ichki bozorida yo‘ltanlamas texnika taklif qilish qilish segmenti bo‘sh. O‘z navbatida, yo‘ltanlamas avtomobillar ishlab chiqarayotgan Qozog‘iston avtozavodlari bu yo‘nalishda ham o‘z o‘rnini topishi mumkin.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 259 | Добавил: Admin | Теги: Qozog‘iston O‘zbekistonga Lada Vest | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar