Ср, 22.01.2020, 14:12
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Loading...

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2810]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 271
Мини-чат
Статистика


08:15
Qozog'istonlik erkak nogiron jiyanini ikki yil davomida zo'rlab kelgan…
Bu voqea Qozog'istonning Oktobasida kuzatildi. Ma'lum bo'lishicha, 1966 yili tug'ilgan, ismi-sharifi tergov manfaatlarini ko'zlab sir tutilgan erkak ikki yil davomida bolaligidan II guruh nogironi bo'lgan qiz jiyanini zo'rlab, nomusiga tegib kelgan. Kuch ishlatish va qo'rqitish yo'li bilan qizaloqni intim munosabatga kirishishga majburlagan. Vaholanki, qiz ham jismoniy, ham intellektual jihatdan nogironligi uyoqda qolib yana kar-soqov ham. Tog'a bo'lmish go'yo qizaloqqa qarashda opasiga yordam bermoqchi bo'lib tez-tez qiz yashaydigan xonadonga tashrif buyurgan. Uqalash muolajalarini amalga oshirgan. Qizning yaqinlari qarindoshi bu qadar past ketishini yetti uxlab tushida ham ko'rmagandi. Yaqinda onasi qizi negadir tog'asining tashrifini yoqtirmaganini payqab qoldi. Oldiniga indamadi. Bu holat bir necha marta takrorlangach, qizini so'roqqa tutdi. Shunda qizaloq hammasini imo-ishoralar bilan aytib berdi. Aytishicha, ikki yildan beri tog'asi turli xonalarda uni zo'rlab, qo'rqitish orqali jinsiy munosabatga kirishishga majburlab kelgan ekan. Albatta, tergovchilar ham juda yaxshi ish olib borishdi. Qizaloq uchun surdotarjimon ham topishdi. Qizaloq barchasini oqizmay-tomizmay gapirib berdi.

Hozirda ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atilgan. Zo'ravon tog'a qo'lga olingan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 71 | Добавил: Admin | Теги: Qozog'istonlik erkak nogiron jiyani | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Январь 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2020