Вс, 15.12.2019, 18:30
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2773]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 268
Мини-чат
Статистика


19:05
Qozog'istondagi maktablardan birida 7-sinf o'quvchisining nomusiga tegishdi…
Bu voqea Qozog'istonning Taraz shahrida joylashgan maktablarning birida sodir bo'ldi. Aytishlaricha, maktab ichkarisidagi hojatxona aksar hollarda yopiq turadi. Shuning uchun o'quvchilar ko'chadagi hojatxonaga qatnashga majbur bo'lishadi. Shu yil 18 noyabr kuni dars paytida 12 yashar o'quvchi qiz ham xuddi o'sha ko'chadagi hojatxonaga chiqqan. Shu mahal qaerdandir 38 yoshli pedofil paydo bo'lgan-u, qizchaning nomusiga tekkan. Vaholanki, maktabda yetarlicha videokuzatuv kameralari o'rnatilgan. Lekin o'sha mahal negadir kuzatuvchilar ish joyida bo'lmagan. Shunga qaramay, politsiyachilar pedofilni bir necha soat ichida tutishdi. U ilgari o'g'irlik tufayli qamalib chiqqan 38 yoshli erkak bo'lib chiqdi. Hozirgi paytda pedofil gumondorlarni vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan. Shu voqea sabab bo'lib maktab zavuchi, qorovuli, qizchani yolg'iz ko'chaga chiqargan va keyinchalik xavotirlanishga ham yaramagan muallima ishdan haydaldi. Maktab direktori ham tergovchilarning ko'plab savollariga javob berishi lozim bo'ladi.

Jabrlanuvchi qizaloqning ahvoli qoniqarli. Tez orada darslarga qaytishi mumkinligi ma'lum qilingan. Pedofil esa aybi isbotlansa, bir umrga ozodlikdan mahrum etiladi. Albatta, oldin mamlakat qonunlariga ko'ra «kastratsiya» qilinadi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 68 | Добавил: Admin | Теги: Qozog'istondagi maktablardan birida | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Reklama
Copyright MyCorp © 2019