09:52
QOZOG'ISTONDA SPORTChI ERKAK O'YNAShINING QIZINI URIB O'LDIRAYoZDI…

Qozog'istonning Nur-Sulton shahrida yashovchi 46 yoshli sportchi erkak o'zi uchrashib yuradigan o'ynashining 4 yashar qizini shafqatsizlarcha kaltakladi. Qizaloq kaltaklar zarbidan sal qolsa o'layozdi. Keyinchalik qizaloqning o'zi aytib berdi. Erkak uni tayoq, qo'l va oyoqlari yordamida o'lasi qilib kaltaklabdi. Bahona bitta. Qizcha uning aytganini qilmaganmish. Bo'yin egishni xohlamaganmish.

Qizaloqning onasi Viktoriya aytdiki, bu erkak bilan yarim yildan beri uchrashib kelgan. Ular nikohdan ham o'tishni mo'ljallashgan ekan. Erkak hadeganda qizchani yo'qotishni talab qilavergan. Hatto, agar aytgani bo'lmasa, tanish-bilishlar yordamida Viktoriyani qamatib yuborishga-da so'z bergan.

Hozirda ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atilgan. Tergov materiallarida ta'kidlanishicha, erkak 1974 yilda tavallud topgan. Ayni payt SIZO ga joylashtirilgan. Agar aybi isbotlansa, yetti yilgacha bo'lgan muddatga qamalishi mumkin.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 259 | Добавил: Admin | Теги: QOZOG'ISTONDA SPORTChI ERKAK O'YNAS | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close