Вт, 21.08.2018, 03:45
Приветствую Вас, Mexmon

09:55
Qoraqalpog‘istonda yosh fermerlar uchun seminar-trening o‘tkaziladi
13-avgustidan 23-avgustiga qadar Qoraqalpog‘istonning Beruniy, Ellikqal’a, Amudaryo va Shumanay tumanlarida “Inson xavfsizligini ta’minlash uchun qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UNDP (Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi) ning Toshkentdagi vakolatxonasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

Tadbir UNESСO’ning Toshkentdagi vakolatxonasi tomonidan tashkil qilingan.

Ma’lum qilinishicha, seminar-trening BMTning “Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar ko‘rgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” hamkorlikdagi dasturini amalga oshirish doirasida rejalashtirilgan.

Trening yosh fermerlar, qishloq ma’muriyati vakillari, agrar kollejlar o‘qituvchilari uchun tashkil qilingan. Ikki kun davom etadigan treningda inson xavfsizligi konsepsiyasi, ekologik, energetik va oziq-ovqatga oid xavfsizlik, yer va suvdan samarali foydalanish amaliyoti kabi mavzular muhokama qilinadi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 32 | Добавил: Admin | Теги: Qoraqalpog‘istonda yosh fermerlar u | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar