09:49
Qoraqalpog‘istonda ota mast holda uxlayotgan o‘g‘lini bolta bilan o‘ldirmoqchi bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida ota va o‘g‘il o‘rtasidagi janjal oqibatida ota mast holda uxlab yotgan farzandini bolta bilan o‘ldirishga urindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Daryo”ga ma’lum qilgan.

15-aprel kuni soat 18:30 larda Nukus tumani, Berdaq ko‘chasida yashovchi 1987-yilda tug‘ilgan sudlanmagan, vaqtincha ishsiz A.K. mast holda otasi 1952-yilda tug‘ilgan, sudlanmagan, nafaqaxo‘r J.K. bilan janjallashib, uni haqorat qilib, o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

Ota o‘g‘lining uxlab qolganidan foydalanib, xo‘jalik boltasi bilan chap tomon bosh va yuz qismiga urib, uni qasddan o‘ldirishga uringan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan J.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-modda (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va  97-moddasi 1-qismi (Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 136 | Добавил: Admin | Теги: Qoraqalpog‘istonda ota mast holda u | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close