09:03
Qoraqalpog‘istonda maktab o‘quvchisi olib qochgan Damas bir oydan so‘ng topildi

Qoraqalpog‘istonda qariyb bir oy oldin olib qochilgan Damas avtomobili va uni olib qochgan fuqaro topildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.

11-aprel kuni taxminan soat 01:30 larda noma’lum shaxs 51 yoshli fuqaro R.M. tomonidan Beruniy tumani Kepakliqal’a ko‘chasida qarovsiz qoldirilgan Damas avtomobilini noma’lum tomonga olib qochgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov va tezkor qidiruv ishlari davomida R.M.ga tegishli bo‘lgan Damas avtomashinasi Beruniy tumani Navoiy OFY hududida joylashgan fermer xo‘jaligi dala maydonidan texnik soz holatda topilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni Beruniy tumani Chig‘atoy ko‘chasida yashovchi umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi, voyaga yetmagan 17 yoshli B.A. sodir qilganligi aniqlangan.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 219 | Добавил: Admin | Теги: Qoraqalpog‘istonda maktab o‘quvchis | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close