Вс, 23.09.2018, 00:39
Приветствую Вас, Mexmon

11:03
Qoraqalpog‘istonda 301 million so‘mni o‘zlashtirib yuborgan firibgar ayol qo‘lga olindi
Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida yashovchi G.Ye. ismli ayol 26-avgust kuni katta miqdordagi firibgarlik holati yuzasidan IIBga murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Murojaatchiga ko‘ra, shu yil yanvar oyida Kegeyli tumanida yashovchi G.G. ismli ayol uning uyida birga makkajo‘xori va guruch oldi-sottisi bilan shug‘ullanish, tushgan foydani teng bo‘lishishni va’da qilib, undan 301 million so‘m oladi.

Biroq shu kunga qadar bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.

Holat yuzasidan G.G. qo‘lga olindi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 65 | Добавил: Admin | Теги: Qoraqalpog‘istonda 301 million so‘m | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar