. Qirg‘izistonda ham koronavirus aniqlandi - 18 Марта 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Ср, 01.04.2020, 23:29
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2871]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 276

Статистика


08:29
Qirg‘izistonda ham koronavirus aniqlandi
Qirg‘izistonning Suzoq tumanida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha uchta holat qayd etildi. Bu haqda 18-mart kuni mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayevga tayanib, Akipress xabar berdi.

Gap Umra ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga borib kelgan uch nafar Qirg‘iziston fuqarosi haqida ketmoqda. Mamlakat koronavirusga tekshiriladigan davlatlar qatoriga kiritilmagan edi.

12-mart kuni ular Qirg‘izistonga qaytib kelgan va ulardan tahlil namunalari olingan. Ziyoratchilar shifokorlar nazorati ostida karantinda saqlanayotgan edi.

16-mart kuni Umradan qaytgan Suzoq tumani Blagoveshenka qishlog‘ida istiqomat qiluvchi ayolning tana harorati ko‘tarilib ketgan. U shifoxonaga olib kelinib, tahlil natijalari olinib, O‘sh viloyatiga yuborilgan. Ayol bilan birgalikda Saudiya Arabistonidan 8 kishi kelgan, ularning 3 nafarida koronavirus aniqlangan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar ayollarning yaqinlaridan ham tekshiruv uchun tahlil namunalarini olgan. Tadqiqotlar birinchi bosqichda O‘sh viloyatidagi laboratoriyada o‘tkazilgan. Shundan so‘ng, barcha tahlil natijalari Bishkekka yuborilgan va u yerda koronavirus tasdiqlangan.

Avvalroq Qirg‘izistonda 16-martdan boshlab barcha maktablar va oliy ta’lim muassasalari 3 haftaga karantinga yopilishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Qirg‘iziston hukumati koronavirus qayd etilgan davlatlarga borgan xorijliklarning mamlakatga kirishini taqiqlab qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus tarqalgani sababli Uzbekistan Airways 27-fevraldan boshlab Toshkentdan Jidda va Madinaga bo‘lgan barcha qatnovlarni vaqtinchalik to‘xtatgan. 15-mart kuni esa O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi. Hozirda O‘zbekistonda 13 kishida koronavirus aniqlangan. Qozog‘istonda esa kasallikka chalinganlar soni olti nafarni tashkil etmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 24 | Добавил: Admin | Теги: Qirg‘izistonda ham koronavirus aniq | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Март 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020