Вс, 19.08.2018, 20:46
Приветствую Вас, Mexmon

09:21
Qashqadaryolik fuqaro tanishini mashinasida urib ketdi. So‘ng uni urib-tepib o‘ldirdi
Qashqadaryolik fuqaro tanishini qasddan mashinasida urib, yordam ko‘rsatish o‘rniga yana urib-tepib, o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

24-iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida yashovchi Z.E. tanishi B.Q. bilan telefon orqali o‘zaro janjallashib ketayotgan vaqtida uning yo‘l chetida turganini ko‘rib qoladi.

Shunda Z.E. o‘zining Nexia avtomashinasi bilan B.Q. ni urib, bu ham yetmagandek, avtomashinadan tushib, uning tanasini turli joylariga urib-tepib, jarohat yetkazgan.

Natijada B.Q. kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. Z.E. esa qo‘lga olingan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 76 | Добавил: Admin | Теги: Qashqadaryolik fuqaro tanishini mas | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar