Ср, 13.11.2019, 18:23
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2731]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 267
Мини-чат
Статистика


11:38
Qashqadaryolik ayol qizining nomusini bulg'agan erkak jazosiz qolib ketgani uchun o'zini osib o'ldirishga ahd qilibdi…
Qashqadaryoning Koson tumanida istiqomat qiluvchi 40 yoshli ismi-sharifi ma'lum qilinmagan muallima ayol shu yil 15 sentyabr kuni o'zini osib qo'ydi. Xayriyatki, qizi maktabdan kelib qolib onasini arqondan ajratib oldi. Aks holda o'lim topishi tayin edi.

Aytishlaricha, ayol bu ishga ikki yil oldin 14 yashar qizini zo'rlab nomusini bulg'agan yigit jazoga tortilmay qolgani sababli qo'l uribdi. Lekin bu birinchi urinish emas. 2018 yili bu ayol o'ziga o't qo'ygan. Tanasining 40 foiz qismi kuyish jarohatini olib kasalxonada yotib chiqqan.

Xuddi o'sha nomusi poymol etilgan qiz bu fojia 2017 yil avgust oyida sodir bo'lganini gapirib bergan. Uni 20 yashar qo'shni yigit zo'rlagan ekan.

— O'sha kuni uyda yolg'iz edim, — deydi qiz. — U biznikiga chiqib temir kerakligini aytdi. U devormiyon qo'shnimiz, qachon nimadir so'rab chiqsa, albatta topib berardik. Men temir olish uchun yerto'laga tushdim. U esa orqamdan tushib og'zimni yopdi-da, nomusimga tegdi. Agar birovga aytsam o'ldirishini aytdi. Shundan keyin ba'zida hovlilarimiz o'rtasidagi devor ustiga chiqib qo'lini tomog'iga olib kelardi-da agar aytsam o'ldirishi haqida belgi berardi. Oradan ikki hafta o'tgach, u yana meni zo'rladi. Bu gal u onamdan uning kasal onasiga qarashib yuborishim uchun ruxsat berishini so'radi. Onam ruxsat berdi. Men ularnikiga chiqdim. Onasi mendan uy ichkarilarini supur-sidir qilishimni so'radi-da, o'zi qaergadir ketdi. Endi supul-sidirni boshlaganimda, o'g'li kirib yana nomusimga tegdi…

Qizning aytishiga ko'ra, homiladorligini tug'ish pallasiga yaqin bilganmish.

— 2018 yil aprel oxirida, — davom etdi u. — O'zimni yomon his qila boshladim. Xolam meni UZI ga olib bordi. Vrach qornimda 9 oylik homilam borligini aytdi. Lekin qornim yo'q edi. Bundan tashqari, maktabda jismoniy tarbiya darslarida sakrardim, yugurardim. Hech narsa sezilmagandi…

Shu qiz 15 yoshida 2018 yil 10 may kuni Kosondagi tug'ruqxonada qiz farzandini nikohsiz dunyoga keltirgan. Bolaning otasi esa jazoga tortilmay qolib ketgan. Uyog'iga nimalar bo'lganini yolg'iz xudoning o'zi biladi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 42 | Добавил: Admin | Теги: Qashqadaryolik ayol qizining nomusi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2019