10:54
Qashqadaryoda yana 161 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlarning umumiy soni 10 838 nafarga yetdi

O‘zbekistonda 8-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 168 nafarga ko‘paydi va kasallanganlarning umumiy soni 10 838 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlari

  • 161 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 127 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 34 nafari aholi orasida);
  • 7 nafari Namangan viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 6 811 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan, mamlakatda kasallikdan vafot etganlar soni 41 nafarga yetgan.

Hozirda mamlakatda 3 986 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 24 nafari og‘ir, 13 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 251 | Добавил: Admin | Теги: Qashqadaryoda yana 161 kishida koro | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close