Вт, 21.08.2018, 03:46
Приветствую Вас, Mexmon

09:51
Qashqadaryoda somonxonadagi yong‘in oqibatida 7 yashar qizaloq halok bo‘ldi
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida 8-avgust kuni fuqaro E.H.ning xonadonida joylashgan somonxonasida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda IIV.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in soat 18:30 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida somonxonaning 24 kvadrat metr maydoni yonib, zarar ko‘rgan.

“Yong‘in o‘chirish vaqtida N.A.ning birga yashagan nabirasining kuygan holdagi jasadi topilgan”, — deyiladi IIV axborotida. IIVning qayd etishicha, qizalo 7 yoshda bo‘lgan.

Yong‘in kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 59 | Добавил: Admin | Теги: Qashqadaryoda somonxonadagi yong‘in | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar