. Qashqadaryoda qoidabuzar YPX xodimiga 2 mln so‘m pora berishga urindi - 21 Января 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Сб, 29.02.2020, 09:36
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2835]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 275

Статистика


06:53
Qashqadaryoda qoidabuzar YPX xodimiga 2 mln so‘m pora berishga urindi
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tegishli hujjatlarsiz avtomobil boshqargan fuqaro javobarlikka tortilmaslik uchun YPX xodimiga 2 million so‘m pora berishga uringan, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPX 3-otryadi 2-safarbarlik guruhi yo‘l patrul xizmati katta inspektori A. Haqberdiyev xizmat taqsimotiga ko‘ra 18-yanvar kuni soat 04:10 larda Koson tumani bo‘ylab xizmat olib borish jarayonida “Vaz-2106” rusumli avtomobil haydovchisini o‘rnatilgan tartibda to‘xtatgan.

Avtomashinani ko‘zdan kechirish jarayonida haydovchi X.S. transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqarib yurganligini aniqlangan va unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirgan.

Muloqot jarayonida haydovchi X.S. javobgarlikdan qochish maqsadida YPX katta inspektori A.Haqberdiyevga 2 million so‘m pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Xodimning bildirgisiga ko‘ra o‘tkazilgan tezkor tadbirda davomida shu kuni soat 16:00 larda fuqaro X.S. YPX katta inspektori A.Haqberdiyevga 950 ming so‘m va 100 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 33 | Добавил: Admin | Теги: Qashqadaryoda qoidabuzar YPX xodimi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Январь 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020