Главная » 2018 » Май » 28 » Qashqadaryoda avtohalokat sodir bo'ldi. Qurbonlar uch kishi…
17:22
Qashqadaryoda avtohalokat sodir bo'ldi. Qurbonlar uch kishi…
Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida ikkita «Neksiya» avtomobili o'zaro to'qnashib ketgan. Fojia «Chiroqchi-Yakkabog'-Ko'kdala-Sho'rbozor» avtomobil yo'lining 73- kilometrida sodir bo'ldi. Xabarlarga qaraganda, birinchi «Neksiya» qarama-qarshi tarafdan kelayotgan xuddi shu rusumdagi mashinaning yo'liga chiqib ketgan. Oqibatda birinchi «Neksiya» haydovchisi va ikki yo'lovchi o'sha yerning o'zida halok bo'lgan. Uchinchi yo'lovchini og'ir ahvolda kasalxonaga yotqizishdi.

Ikkinchi «Neksiya»da o'tirgan ikki yo'lovchi ayol ham kasalxonaga olib ketilgan. Haydovchi hamda bir yo'lovchiga fojia yuz bergan joyda tez tibbiy yordam ko'rsatilgan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 72 | Добавил: Admin | Теги: Qashqadaryoda avtohalokat sodir bo' | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz