Ср, 21.11.2018, 17:32
Приветствую Вас, Mexmon

12:31
Qashqadaryoda 200 nafardan ortiq og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qiz yangi uylarga ega bo‘ldi
2018-yilning o‘tgan davri mobaynida Qashqadaryoda 122 nafar og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga yangi uy-joylar berilgan bo‘lsa, 106 nafariga mo‘ljallangan yangi uy-joylarning boshlang‘ich badal to‘lovi to‘lab berilgan. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.

Konferensiyada aytilishicha, viloyat yarashtiruv komissiyasining sa’y-harakati bilan joriy yilning 9 oyi mobaynida 3 520 ta oilaning yarashishiga erishilib, 5000 ga yaqin bolalarning yarim yetim bo‘lib qolishining oldi olingan. Ajrimlar soni esa o‘tgan yilgiga nisbatan 313 ta ga kamayib, 1 164 tani tashkil etgan.

“Yarashtiruv komissiya xulosasiga ko‘ra, ko‘pgina oilalarning birgalikda ahil yashab ketishiga uchinchi tomonning aralashuvi salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlandi”, - deydi viloyat yarashtiruv komissiyasi raisi Abdusalim Shovriqov. Oiladagi o‘zaro kelishmovchiliklarda ba’zan qaynona-qaynota, ba’zan esa oila a’zolarining aralashuvi sabab bo‘lib qolayotgani uchun ham biz yosh oilalarga imkon qadar to‘g‘ri tushunchalar berishga harakat qildik. Birgina joriy yilning o‘tgan davri mobaynidagi 1 164 ta oilaning ajrab ketishi natijasida qanchadan-qancha bolalar yetim bo‘lib qolayotgani juda achinarli.

Tadbirda so‘z olgan Qonunchilik palatasi deputati Dilfuza Jalilova bugungi kunda oilalarning buzilishiga sababchi bo‘layotgan uchinchi tomon aralashuvini taqiqlovchi alohida qonun ishlab chiqilishi davr talabiga aylanib borayotgani xususida to‘xtalib o‘tdi.

250 nafar delegat qatnashgan konferensiyada, shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva ham ishtirok etib, viloyatda ayollar o‘rtasidagi jinoyatchilikning oldini olish, onalik va bolalikni muhofaza qilish uchun ko‘proq nimalarga e’tibor qaratish lozimligi xususida fikr bildirdi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullarining bergan ma’lumotiga ko‘ra, onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar natijasida viloyatda onalar va bolalar o‘limi o‘tgan yilgiga nisbatan ikki baravarga kamaygan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 64 | Добавил: Admin | Теги: Qashqadaryoda 200 nafardan ortiq og | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar