Пн, 17.06.2019, 23:51
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2650]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [140]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 255
Мини-чат
Статистика


05:17
Qarshidagi muhandislik instituti talabasi o'zini osish orqali joniga qasd qildi…
U Qarshidagi muhandislik-iqtisod institutining uchinchi kurs talabasi va shu bilan birga guruhboshisi edi. Yaqinda o'zi yashaydigan uyning og'ilxonasida o'zini osib qo'ydi. Institut ma'muriyati ham ushbu fojiani rasman tasdiqlagan. Ularning ma'lum qilishicha, dafn marosimi shu yil 3 iyun kuni bo'lib o'tgan. Yana shu narsa ta'kidlandiki, bu talaba institutdagi korrupsiya jinoyati qurboniga aylanibdi.

— Bizning institutda korrupsiya jinoyati urchib ketgan, — dedi ismi-sharifi sir tutilgan talabalardan biri. — Dekan va muallimga porani talabalardan guruhboshi yig'ib oladi. Yaqinda dekan agar zudlik bilan pul yig'ib kelishmasa, guruhboshilar uchun alohida ro'yxat tuzilishini aytib do'q qilgan. Ro'yxat shuni anglatadiki, qaysi guruhboshi shu ro'yxatga tirkalsa, u talabalik stipendiyasidan mahrum bo'ladi. Masalan, o'tgan yili shu ro'yxat tuzilmasligi uchun guruhboshilar 50 dollardan pul yig'ib berishgan. Bundan tashqari, har bir imtihon oldidan qoniqarli baho olishi uchun talabalardan 150 ming so'mdan pul yig'ib muallimlarga topshirishi lozim bo'lgan. Dars qoldirgan talabalardan alohida pul yig'ilgan…

Talabalar bir ovozdan marhum guruhboshi ikki o't orasida qolganini aytishdi. Bu yukni ko'tara olmay, oxiri joniga qasd qilishni ma'qul ko'ribdi.

Afsus, shuning bilan bu institutda 2019 yili uchinchi talaba o'z joniga qasd qildi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 75 | Добавил: Admin | Теги: Qarshidagi muhandislik instituti ta | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Корзина
Ваша корзина пуста
Поиск
Календарь
«  Июнь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Reklama
Copyright MyCorp © 2019