Ср, 19.12.2018, 04:51
Приветствую Вас, Mexmon

17:20
Qarshida YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. YTH Mudofaa vazirligi o‘quv trevogasi o‘tkazayotgan hududda sodir bo‘ldi
Bugun, 26-noyabr kuni taxminan soat 08:05 larda “Shahrisabz—Qarshi” avtomobil yo‘lida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Bugundan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligini tekshirish maqsadida reja asosida qo‘qqisdan majmuaviy tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Yuqorida aytib o‘tilgan chorrahada harbiy avtomobillar nazorati inspeksiyasining xodimlari avtomobillar harakatini tartibga solib turgan. Inspektorlar tomonidan ko‘rsatilgan “harakatlanish taqiqlanadi” belgisiga qaramasdan Lacetti avtomobili (davlat raqami 70 U 110 MA) harakatlanishni davom etgan va “ZIL-131” harbiy yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Noxush hodisa oqibatida Lacetti avtomobilining haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan, bir nafar yo‘lovchi esa jarohat olgan.

Jarohat olgan yo‘lovchiga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilgan, uning ahvoli barqaror ekanligi va hayotiga hech nima xavf solmayotgani aytildi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 81 | Добавил: Admin | Теги: Qarshida YTH oqibatida 3 kishi halo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar