Ср, 13.11.2019, 18:09
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2731]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 267
Мини-чат
Статистика


20:15
Qarshida puldor odamning uyiga kirgan bir guruh bosqinchilar qo‘lga olindi
Qarshida 7-noyabr kuni taxminan soat 02:00 da puldor odamning uyiga kirgan bir guruh bosqinchilar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishiicha, 41 yoshli G.T.ning puldor jabrlanuvchi haqidagi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 32 yoshli I.D. jinoiy sheriklari 20 yoshli J.S., 20 yoshli Sh.O., 21 yoshli F.T., 34 yoshli O.S. va 35 yoshli S.X.lar yuzlariga niqob kiyib, temir truba va pichoq hamda skotch yordamida, Qarshi shahar “Aralovul” MFYda yashovchi 63 yoshli fuqaro M.A.ning uyiga bosqinchilik sodir etish maqsadida g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.

Ular jinoyatni sodir etayotgan vaqtida Qashqadaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbir natijasida ushlangan. Hodisa joyini ko’zdan kechirish jarayonida ushlangan shaxslardan ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan 7-noyabr kuni Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik, uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat sodir etishda ishtirok etgan barcha shaxslarga ayblov e’lon qilinib, hozirda jinoyat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 15 | Добавил: Admin | Теги: Qarshida puldor odamning uyiga kirg | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Reklama
Copyright MyCorp © 2019