Ср, 19.12.2018, 05:06
Приветствую Вас, Mexmon

16:51
Qarshida “Obod mahalla” dasturiga tushgan xonadonlar aholining o‘z mablag‘i evaziga ta’mirlanmoqda
Qarshi shahridagi Shayxali qo‘rg‘oni “Obod mahalla” dasturiga tushgan, deb yozadi “Qashqadaryo” gazetasi.

Dasturda ta’mirga muhtoj 977 ta yakka tartibdagi uy-joyni, shu bilan birga, 18 ta kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar xonadonlarini ta’mirlash belgilangan.

Biroq bu ishlarni aholi o‘z mablag‘lari hisobidan bajarmoqda.

Faqat 2 ta kam ta’minlangan oila xonadonlari homiylar yordami bilan ta’mirlab berilgan. Misol uchun, N.Fayziyeva mahallada kam ta’minlanganlar ro‘yxatida turadi. Turmush o‘rtog‘i bir necha yil ilgari Rossiyaga chiqib ketganicha bola-chaqasining holidan biror marta bo‘lsin, xabar olmagan.

“O‘z-o‘zidan ayol boshi bilan to‘kilib borayotgan uyni ta’mirlashga kuchi yetmagan. ‘Obod mahalla’ dasturi asosida uning uyini ta’mirlab berishlarini eshitib boshda bir xijolat tortgan bo‘lsa, xalqimizning qiynalganga yordam qo‘lini cho‘zadigan odatidan kelib chiqib, ko‘nglining bir chekkasida mamnunlik tuygani ham rost.

Biroq vaqt o‘tayotgan bo‘lsa-da, na uy ta’mirlangan, na bu bilan birov qiziqqan. Ma’lum bo‘lishicha, mutasaddilar uning xorijdagi eri bilan bog‘lanib, undan mablag‘ so‘ragan va pulni olib, uyning tomini yopib bergan.

Qanday holatda bo‘lsin, bir xonadonning obod bo‘lgani yaxshi, biroq nega shu haqda avvalroq o‘ylab ko‘rilmadi? Erni insofga chaqirish choralari ko‘rilmadi? Erdan umid bor ekan, ta’mirni dasturga kiritishdan nima mantiq? Buning uchun ajratilishi lozim bo‘lgan pul qayerga ketdi?”, — deyiladi xabarda.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 48 | Добавил: Admin | Теги: Qarshida “Obod mahalla” dasturiga t | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar