. Qarshi, Nukus va Urganchda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining filiallari ochiladi - 2 Марта 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Вт, 07.04.2020, 17:10
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2877]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 277

Статистика


15:02
Qarshi, Nukus va Urganchda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining filiallari ochiladi
O‘zbekistonning uch shahrida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining filiallari ochiladi. Bu haqda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” loyihasida so‘z boradi.

Qayd etilishicha, Respublika viloyatlarida universitetning filiallarini ochish mo‘ljallanmoqda. Bunda:

2022-yil Qarshi shahrida;
2023-yil Nukus shahrida;
2024-yil Urganch shahrida.
Bu borada hududlarda kadrlarga bo‘lgan talabni o‘rganish, kadrlarga talab mavjud bo‘lgan hududlarda hokimliklar bilan kelishilgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, hokimliklar yordamida yillar kesimida universitet filiali tashkil etish uchun moddiy texnika bazasini yaratish, yillar kesimida hududlarda universitet filiallarida o‘quv jarayonini tashkil etish, davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarining loyihalarini ishlab chiqish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga kiritish rejalashtirilgan.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, viloyat hokimliklari, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshiruvchi mas’ullar hisoblanadi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 27 | Добавил: Admin | Теги: qarshi, Nukus va Urganchda Toshkent davlat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Март 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020