VOYBU.NET
BIRINCHI MUSIQIY!
Контакты ГлавнаяMузыкаКлипыНовостиФотогалереяСтихиМобильная версия

19:40
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti dekani 400 dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining iqtisodiyot fakulteti dekani X.A. 4-kurs talabalari O.A. va Q.M.larni institut talabasi safidan chiqarish bilan qo‘rqitib, ularning har biridan 200 AQSh dollari talab qilib, jami 400 AQSh dollarini xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: Tamirda | Добавил: Admin | Теги: Qarshi muhandislik iqtisodiyot inst | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
VOYBU.NET
Меню сайта
Статистика

Вход на сайт
Login:
Parol:
Copyright © 2013 VOYBU.NET Все права защищены.По всем вопросам пишите на voybu.net@mail.ru
%