Главная » 2018 » Май » 22 » Pokistonda issiq ob-havo tufayli o‘nlab kishilar halok bo‘ldi
17:27
Pokistonda issiq ob-havo tufayli o‘nlab kishilar halok bo‘ldi
Pokistonning eng yirik shaharlaridan biri Karachida issiq ob-havo tufayli 65 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Shaharda Selsiy shkalasi bo‘yicha 44 daraja issiq kuzatilgan.

“So‘nggi uch kun ichida 65 kishi vafot etdi. Ularning jasadi o‘likxonada. Shifokorlarning aytishicha, fuqarolar issiq ob-havo tufayli yuz bergan insult oqibatida vafot etgan”, — deydi Edxi ijtimoiy jamg‘armasi boshlig‘i Faysal Edxi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘lim holatining aksariyati Karachining qashshoq tumanlarida kuzatilgan.

Qayd etilishicha, issiq ob-havo aksariyat musulmonlar ro‘za tutadigan Ramazon oyida kuzatilmoqda.

2015-yilda ham mamlakatda shunday holat kuzatilgan. O‘shanda 1300 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 58 | Добавил: Admin | Теги: Pokistonda issiq ob-havo tufayli o‘ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz