Главная » 2018 » Май » 7 » Paynet savdo belgisi ostida aholidan to‘lovlarni qabul qilish faoliyati to‘xtatilmasligi bildirildi
06:30
Paynet savdo belgisi ostida aholidan to‘lovlarni qabul qilish faoliyati to‘xtatilmasligi bildirildi
UzPaynet kompaniyasi o‘z faoliyati to‘xtatilishi haqida 6-may kuni paydo bo‘lgan xabarlarga munosabat bildirdi. Kompaniya bayonoti bilan quyida to‘liq tanishish mumkin.

Hozirgi vaqtda internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekistonda Paynet faoliyati to‘xtatiladi” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.

UzPaynet kompaniyasi shuni ma’lum qiladiki, Paynet savdo belgisi ostida aholidan to‘lovlarni qabul qilish faoliyati to‘xtatilmaydi.

O‘zbekiston Prezidentining “Xalq banki va ‘Mikrokreditbank’ning moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, aholidan to‘lovlarni Paynet savdo belgisi ostida qabul qilish faoliyati Xalq banki tuzulmasi tarkibida amalga oshiriladi.

To‘lovlarni qabul qilish tizimi ish faoliyati uzluksiz va odatdagidek davom etmoqda. Hozirda aholiga va to‘lov agentlariga qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

UzPaynet kompaniyasi bayonotidan
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 50 | Добавил: Admin | Теги: Paynet savdo belgisi ostida aholida | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz