VOYBU.NET
BIRINCHI MUSIQIY!
Контакты ГлавнаяMузыкаКлипыНовостиФотогалереяСтихиМобильная версия

12:20
Pastdarg‘omda fohishalarga ko‘maklashgan profilaktika inspektori 11 yilga qamaldi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida sudya Marat Ergashev raisligida nomusiga tekkanlikda ayblash yo‘li bilan o‘zgalarni qo‘rqitish orqali ularning pullarini o‘zlashtirib kelgan profilaktika inspektori va jinoiy guruh a’zolarining noqonuniy harakatlari yuzasidan sud ishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Sudlanuvchi Pastdarg‘om tuman profilaktika inspektori lavozimida ishlab kelgan Asliddin Muratov 2017-yilning avgust oyidan 2018-yilning iyun oyigacha jinoiy sheriklari bilan oldindan tuzilgan reja asosida birovning nomusiga tekkanlik aybini qo‘yish orqali fuqarolarga tahdid qilib kelgan.

Xususan Asliddin Muratov mo‘may daromad topish maqsadida 2018-yil fevral oyida o‘zi va D.T. bilan birgalikda uyushgan jinoiy guruh tuzib, unga Sh.T., M.T., D.T., F.N., L.J., F.T. ismli shaxslarni jalb qilgan.

Fohishalar Pastdarg‘om tumanidagi Kimyo zavodi atrofida va Samarqand shahridagi Kimyogarlar qo‘rg‘onida erkaklarga jinsiy aloqada bo‘lishni taklif qilib, D.T. istiqomat qilib kelgan dala hovliga yoki uning xonadoniga olib borishgan.

Fohishalar erkaklar bilan ixtiyoriy ravishda jinsiy aloqada bo‘lishganidan so‘ng, telefon orqali D.T., Sh.T., D.T. va L.J.larga xabar berib, jinsiy aloqada bo‘lgan shaxslarni qo‘rqitib, nomusiga tekkanligi haqida arz qilishi, baland ovozda dod solish va qo‘rqitib tahdid qilgan.

Guruh a’zolarining rejasiga ko‘ra, ularning ustiga bostirib kirishi, sodir bo‘layotgan holatni video tasvirga olishi, tuzoqqa ilingan shaxslarga o‘zini M.T., F.T. va F.N.larning akasi yoki turmush o‘rtog‘i sifatida ko‘rsatib, xiyonat ustida va uy-joyga g‘ayriqonuniy bostirib kirganlikda ayblab tuhmat qilib, o‘zlarini go‘yoki Pastdarg‘om tuman IIB navbatchilik qismiga qo‘ng‘iroq qilgandek ko‘rsatib, aslida oldindan kelishilgan jinoiy rejaga ko‘ra, profilaktika inspektorini chaqirgan.

Asliddin Muratov tuzoqqa tushgan shaxslarga qonuniy chora ko‘rish bahonasida xizmat xonasiga olib borib, u yerda 1000 AQSh dollaridan 2000 AQSh dollarigacha yoki 20 million so‘mgacha bo‘lgan pul mablag‘ini bilan olib kelgan.

Asliddin Muratov Jinoyat Kodeksining 139-moddasi 3-qismi “a,g” bandlari, 165-moddasi 3-qismi “v” bandi va 237-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari bilan aybli deb topilib 2 yil muddatga muayyan huquqdan, ya’ni ichki ishlar tizimi hamda korxona, muassasa va tashkilotlarda moddiy hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 11 yil 6 oy muddatga, xuddi shu moddalar asosida D.T. 9 yil muddatga, Sh.T. 10 yil 6 oy muddatga, L.J. 10 yil 1 oy muddatga, D.T. 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Jinoiy guruh a’zolari hisoblangan M.T., F.N. hamda F.T.larga nisbattan belgilangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi Jinoyat Kodeksining 72-moddasiga asosan shartli hisoblanib 3 yil sinov muddati belgilandi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: Tamirda | Добавил: Admin | Теги: Pastdarg‘omda fohishalarga ko‘makla | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
VOYBU.NET
Меню сайта
Статистика

Вход на сайт
Login:
Parol:
Copyright © 2013 VOYBU.NET Все права защищены.VOYBU GROUP
VOYBU.NETМузыкаКлипыНовостиФотогалерея
Код
%
Сделать бесплатный сайт с uCoz