21:44
Ozarbayjonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 1253 kishiga yetdi

Ozarbayjonda koronavirus yuqtirib olganlar soni bir sutkada 56 nafarga oshib, 1253 kishiga yetdi. Bu haqda Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati rahbari Ibragim Mamedov 15-aprel, chorshanba kuni, bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilgan.

Uning aytishicha, shu kuni 56 kishida koronavirus qayd etilgan, 53 kishi sog‘aygan. Mamlakatda umumiy hisobda 1253 kishi koronavirusga chalingani qayd etilgan. Shundan 404 nafari tuzalgan, 13 nafari vafot etgan, 836 nafari maxsus rejimdagi kasalxonalarda davolanishda davom etmoqda. Ulardan 24 nafarining ahvoli og‘ir, 27 nafari o‘rtacha og‘irlikda, qolganlari barqaror deb baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjonda koronavirus sabab 24-martdan buyon maxsus karantin rejimi joriy etilgan. 65 yoshdan oshgan keksalarga uydan chiqish taqiqlangan, dam olish maskanlari, restoran va kafelar, oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalardan boshqa barcha savdo obyektlari, barcha turdagi ta’lim muassasalari yopilgan.

O‘zbekistonda esa 15-aprel kuni koronavirusga chalinganlar soni 1302 kishiga yetdi.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 122 | Добавил: Admin | Теги: Ozarbayjonda koronavirus yuqtirib o | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close