Главная » 2018 » Апрель » 30 » Ota-onasini pichoqlagan oqpadar
15:29
Ota-onasini pichoqlagan oqpadar
Ota-ona degan nomni har qancha ulug'lasak shuncha oz. Ota-ona farzandini komil inson qilib tarbiyalash uchun borini beradi. Farzandlar esa ulg'aygach, ota-onaning xizmatini ado etishadi, keksalik yoshiga yetganlarida ularga ehtirom ko'rsatishadi va e'zozlashadi. Biroq, jamiyatimizda shunday insonlar borki, ular insoniylik qiyofalarini yo'qotib, o'z farzandlik burchlarini unutib, ota va onalarini haqorat qilib, ularga qo'l ko'tarib, ayrim hollarda ularga tan jarohati yetkazib, o'limlariga ham sababchi bo'lmoqdalar.

Mana shunday farzandlardan biri, shu yilning 28 aprel kuni Toshkent shahrining Sergeli tumani Sputnik dahasida yashovchi 1981 yilda tug'ilgan M.M. oilaviy janjal oqibatida, o'z otasining qorin qismiga hamda onasining ko'krak va qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. Bu to'g'rida IIV rasmiy saytida ma'lum qilindi.

O'z farzandining qilmishidan so'ng ota va ona jiddiy tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Oqpadar farzand qo'lga olinib, unga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu o'rinda Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo sadoqat – yo falokat masalasidir”, degan so'zi qanchalik haqiqat ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 85 | Добавил: Admin | Теги: Ota-onasini pichoqlagan oqpadar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz