Вт, 21.08.2018, 03:45
Приветствую Вас, Mexmon

09:48
Orol dengizi muammosini o‘rganish uchun 20 kunlik xalqaro ekspeditsiya tuzildi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida 1-avgust, chorshanba kuni “Muzliklardan Orol dengizigacha” ekspeditsiyasiga start berildi. Ekspeditsiya 21-avgustga qadar davom etadi. Bu haqda Markaziy Osiyoning Mintaqaviy ekologik markazi (The Regional Environmental Centre for Central Asia) matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Ekspeditsiyada Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Germaniya, Polsha va Yaponiyadan 20 dan ortiq ishtirokchi qatnashadi. Ular 4 mamlakat —Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Ekspeditsiyada olimlar, muhandislar, huquqshunoslar, iqtisodchilar, ekologlar va tarixchilar ishtirok etadi. 3 haftalik sayohat mobaynida yosh olimlar 4 yo‘nalish bo‘yicha o‘zlarining tadqiqotlarini olib borish imkoniga ega bo‘ladi:

Suv resurslari bo‘yicha xalqaro hamkorlik;
Iqlim o‘zgarishi oqibatlari;
Suv energetikasi masalalari;
Suv resurslari bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy omillar.
Orol havzasi bo‘yicha ekspeditsiya o‘tkazish g‘oyasi ilk marta 2018-yilning boshida ilgari surilgan. Fevral oyidan tayyorgarlik ishlari boshlangan. Yo‘nalishning uzunligi — 4000 kilometr. Ekspeditsiyaning davomiyligi — 20 kun.

Ekspeditsiya YuNESKOning Qozog‘iston-Germaniya universiteti qoshidagi Markaziy Osiyoda suv resurslarini boshqarish kafedrasi, Markaziy Osiyoning Mintaqaviy ekologik markazi (The Regional Environmental Centre for Central Asia)ning Smart Waters (“Suv, ta’lim va hamkorlik”) loyihasi, Shveysariyaning taraqqiyot agentligi tomonidan tashkil qilingan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 37 | Добавил: Admin | Теги: Orol dengizi muammosini o‘rganish u | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar