Главная » 2018 » Май » 17 » Olimlarning tadqiqotlari gilos insonning yanada go'zal bo'lishi, uzoq umr ko'rishiga asosiy sababchilardan biri ekanini amalda isbotladi…
07:04
Olimlarning tadqiqotlari gilos insonning yanada go'zal bo'lishi, uzoq umr ko'rishiga asosiy sababchilardan biri ekanini amalda isbotladi…
Ha, laboratoriya tekshiruvlari natijasida bu xudo bergan ne'matning juda ko'plab foydali xususiyatlari borligi aniqlandi. Birinchidan, gilos, ayniqsa, qora gilos tarkibida «V1», «V2» vitaminlari mavjud. Bu teri xastaliklari, jumladan, husnbuzar, ekzema, psoriazni bartaraf etishda juda qo'l keladi. Qolaversa, vitaminlar tirnoqlar, soch, teri mustahkamligini ta'minlaydi.

Gilos tarkibidagi «A» vitamini esa tish, suyaklarni mustahkamlab, insonning ko'rish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Gilosda antioksidantlar serobligi organizm qarishini sezilarli darajada sekinlashtirali. Doimiy ravishda, me'yorida gilos iste'mol qilgan odamning yurak tizimi baquvvat bo'ladi. Tomirlarda qon aylanishi yaxshilanadi. Aynan qora gilos gipertoniyaga qarshi keskin kurashib, qon bosimini pasaytiradi. Gilosdagi antotsianlar bo'lsa, mayda qon tomirlarni mustahkamlaydi.

Gilos oshqozon uchun ham foydadan xoli emas. U modda almashinuvini yaxshilab, ovqat hazm bo'lishida katta yordam beradi. Ich qotishga qarshi kurashda ham gilosdan o'tadigani yo'q. Shuning uchun olimlar gilosni ovqatlangandan keyin kamida yarim soat o'tgach, iste'mol qilishni maslahat beradi. Bu qoidaga amal qilmaslik oqibatda ichketarga, ya'ni, diareyaga yo'liqtirishi mumkin.

Mutaxassislar qandli diabet bilan og'riganlarga gilos yeyishni maslahat berishmaydi. Negaki, gilos iste'moli natijasida qondagi qand miqdori oshishi kuzatiladi. Bu xasta odamning ahvolini og'irlashtirishi ehtimoldan xoli emas. Bundan tashqari, oshqozonida gastrit, yarasi borlar ham gilos iste'mol qilmaganlari ma'qul.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 48 | Добавил: Admin | Теги: uzoq umr ko'rishiga asosiy sababchi, Olimlarning tadqiqotlari gilos inso | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz