Вт, 17.07.2018, 06:44
Приветствую Вас, Mexmon

23:06
Olimlar zaytun yog'ining yangi foydali xususiyatlarini tadqiqotlar natijasida aniqlashdi…
Ma'lumki, zaytun yog'i bilan bog'liq parhez o'rta yer dengizi parhezi deb ataladi. Bu azaldan mavjud va o'rta yer dengizi parhezi yurak xastaliklariga uchrashdan asrashi olimlar tarafidan ko'p bor ta'kidlangan. Bugungi kunda olimlar zaytun yog'ining yana bir foydali xususiyatini aniqlashdi. Zaytun yog'i organizmdagi «yaxshi xolesterin»ning ta'sir kuchini oshirarkan. Shuning natijasida inson yurak xastaligi, ayniqsa, infarkt va insultga uchrash xavfidan yiroq bo'ladi. Agar odam kuniga 4 osh qoshiqdan zaytun yog'i iste'mol qilsa, uning qon tomirlarida deyarli muammo bo'lmas ekan.

Lekin zaytun yog'i «yomon xolesterin»ni yo'q qila olmaydi. Ma'lumki, «yomon xolesterin» qon tomirlarda tiqilib, oqibatda bizni infarktga yoki insultga uchratadi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 34 | Добавил: Admin | Теги: Olimlar zaytun yog'ining yangi foyd | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar