Вс, 19.08.2018, 20:46
Приветствую Вас, Mexmon

09:19
Olimlar ko‘rish qobiliyatini yo‘qotishning oldini olish yo‘lini topdi
London imperiya va universitet kollejlari tadqiqotchilari glaukomani erta bosqichlarda aniqlash va davolashga yordam beruvchi kurkumin vositasini yetkazib berishning yangi usulini ishlab chiqdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Zanjabil tarkibiga kiruvchi bu pigment ko‘z shohpardasining nervlarini zararlanishdan asraydi. Dastlab tadqiqotchilar kurkuminni peroral yo‘l bilan yetkazib berish mumkin, deb hisoblagan edi, biroq bu usul samarasiz bo‘lib chiqdi, chunki moddaning qonga aralashishi qiyin bo‘lgan. Moddaning kerakli dozasini olish uchun esa odam bir sutkada 24 tagacha tabletka qabul qilishi kerak bo‘lgan, bu o‘z o‘rnida ovqat hazm qilish bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi.

Olimlar bu muammoni maxsus “nanotashuvchini” yaratish orqali yechdi. Tashuvchining ichida sog‘liq uchun xavfsiz va ko‘z tomchilarida ishlatiladigan faol modda joylashtiriladi.

Mutaxassislarining ta’kidlashicha, yangi usul kurkumin o‘tkazuvchanligini 400 ming martaga oshiradi va moddani ko‘z to‘qimalarida samarali so‘rilishiga imkon beradi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 104 | Добавил: Admin | Теги: Olimlar ko‘rish qobiliyatini yo‘qot | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar