17:25
Olimlar delfinlarning odamlar haqida so‘zlashishini aniqladi

Olimlar delfinlarning exolokatsion
signallarini rasshifrovka qilib, ularda odam
tasvirining aks etganligini aniqladi.
Akustika fizikasi mutaxassislarining ushbu
kashfiyoti haqida The Daily Mail nashriga
tayanib “Hi-tech.mail.ru” xabar beradi.

Tajriba jarayonida dayver Jim MakDonou
Meksikaning Kintana-Roo shtatida
joylashgan Puerto-Aventuras shahridagi
delfinariyning suv ostiga tushdi. Bundan
tashqari suv ostiga delfinlarning signalini
tutib oluvchi maxsus mikrofon tushirildi.
Keyin to‘plangan signallar CymaScope
tovushni tasvirga aylantirib beruvchi
qurilma yordamida suratga aylantirildi.

CymaScope yaratuvchisi britaniyalik olim
Jon Styuart Rid qurilma tovush
vibratsiyasini suvning tebranishiga
aylantirib berishini tushuntirdi. Video
ko‘rinishida aks etgan exolokatsion
signallar ortga qaytarib tomosha
qilinganda, unda odam silueti aks etdi.

Tajriba delfinlar exolokatsiya yordamida
obyektlarning nafaqat soyasini, balki
ularning tashqi ko‘rinishini ham ko‘ra
olishini isbotladi.

Tajriba postanovkachisi Jek Kassevits
delfinlar bir-biri bilan suratlar tilida
so‘zlashadi deb hisoblamoqda.

Категория: Yangiliklar Foto | Просмотров: 815 | Добавил: G‘anisher | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close