Ср, 19.12.2018, 04:46
Приветствую Вас, Mexmon

18:57
“O‘zbektelekom”: Facebook va YouTube’ga kirishdagi muammolarga qachon barham berilishi noma’lum
30-noyabr kuni “O‘zekspomarkaz” pavilyonida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “O‘zbektelekom” AK tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘i bo‘yicha AKT sohasida topshiriqlarini amalga oshirish ketma-ketligi” hisobot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

“O‘zbektelekom” AK bo‘lim boshlig‘i Alisher Zufarovning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda Facebook va YouTube’ga kirishda kuzatilayotgan muammolarga albatta barham beriladi, biroq aynan qachonligi hozircha noma’lum.

“Ushbu muammoga yechim topish uchun izlanish olib bormoqdamiz. Ammo uning yechimi aynan qaysi sanada bo‘lishini ayta olmaymiz”, — deydi Alisher Zufarov.

Bundan tashqari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Olimjon Umarov vazirlik ham ushbu muammoning yechim topishidan manfaatdor ekanligini bildirdi:

“Men o‘zim ham Facebook va YouTube’ga muammosiz kira olish mumkin bo‘ladigan paytni kutyapman. Chunki VPN’dan foydalanish biroz noqulaylik yaratadi. Bir narsani tushunish kerak, bu kompleks yondashuvni talab etadigan masala. Biz ushbu masala ustida milliy operator bilan hamkorlikda ishlayapmiz. Umid qilamanki, yaqin kunlarda ushbu masalaga yechim topamiz”.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 59 | Добавил: Admin | Теги: “O‘zbektelekom”: Facebook va YouTub | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar