Главная » 2018 » Май » 11 » “O‘zbekkonsert” “Ummon”, Rayhon va Hulkar Abdullayevalarning kliplarini tanqid ostiga oldi
13:57
“O‘zbekkonsert” “Ummon”, Rayhon va Hulkar Abdullayevalarning kliplarini tanqid ostiga oldi
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash bo‘yicha badiiy kengashi navbatdagi yig‘ilishida Rayhon, Hulkar Abdullayeva, “Ummon” hamda “Via Marokand” kabi mashhur xonanda va guruhlar ijodini tanqid ostiga oldi, deb xabar beradi UZ24.

Badiiy kengash dastlab O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevaning Hamdam Sobirov so‘zi, Jasur Badalboyev musiqasi asosida yaratilgan “Yurak” taronasiga ishlangan klipni tomosha qildi.

Kengash a’zolari tomonidan qo‘shiq so‘zlari mantiqan mukammal emasligi hamda klipda ayrim kadrlardan nojoiz foydalanganligi uchun qayta ishlash tavsiya etildi.

“Yoshlar ushbu xonandaning qo‘shiqlaridan xushnud bo‘lishini ta’kidlab, bu mavzudagi qo‘shiqlarning so‘zlariga juda jiddiy yondashish kerakligi, shuningdek, unvonga munosib qo‘shiq kuylanishi zarurligi tushuntirilib, ushbu qo‘shiqni namoyish etish uchun kadrlarni to‘g‘rilash zarurligi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.

“Nihol” mukofoti sovrindori Hulkar Abdullayeva tomonidan “Dard” deb nomlangan qo‘shiqning so‘zlari va ijrosi yaxshiligi alohida ta’kidlanib, lekin qo‘shiqqa ishlangan klipdagi kadrlardan nojoiz foydalanganligi bois, ushbu klipni qayta to‘g‘rilash tavsiya etildi.

So‘zi va musiqasi Jasur Badalboyevga mansub, “VIA Marokand” guruhining “Turist” qo‘shig‘ining ham matni sayoz ekanligi ta’kidlandi.

Ushbu qo‘shiqning matni mantiq va she’riyat talablariga javob bermaydigan bachkana so‘zlar asosida ekanligi va klip kadrlari tushunarsiz holatlar mavjudligi kuzatish mumkin.

Qo‘shiq so‘zlarida “Ram pa papam tara tira tira tam” so‘zlari she’riyat talablariga javob bermaganligi tufayli rad etilib, xonandalar qo‘shiq so‘zlarini shoirlar bilan qayta to‘g‘irlab, qayta topshirishi mumkinligi tavsiya etildi.

So‘ng “Ummon” guruhining so‘zi va musiqasi guruh qalamiga mansub “Oq gulim” deb nomlangan qo‘shig‘i tinglandi, bu qo‘shiq ham so‘zlarining mazmunsizligi hamda klip kadridagi “alkogolli ichimliklar, yotoqxona sahnasini olib tashlash” tavsiya etilib, ushbu holatda efirlarga uzatish rad etildi. Muassasa mas’ullariga “Ummon” guruhi xonandalarini keyingi kengashga taklif etish vazifasi topshirildi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 91 | Добавил: Admin | Теги: “O‘zbekkonsert” “Ummon”, Rayhon va Hulkar Abdullayevalarning | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz