09:32
O‘zbekistonlik ekspert nima uchun Tojikistonda koronavirus yo‘qligini izohladi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Vabo, karantinli va o‘ta xavfli infeksiyalar profilaktikasi respublika markazining laboratoriya mudiri Ma’rufjon Madaminov nima uchun Tojikistonda hozirgacha koronavirus aniqlanmganiga izoh berdi. Bu boradagi fikrlarini ekspert Sputnik nashriga ma’lum qilgan.

Madaminovning so‘zlariga ko‘ra, o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar sababli Tojikistonda shu vaqtga qadar koronavirus qayd etilmagan. Uning fikricha, Tojikiston hukumati odamlarning transportda harakatlanishi bo‘yicha cheklov tadbirlarini juda erta amalga oshirdi.

Madaminovning qayd etishicha, Tojikiston rahbariyati bu borada hech narsani yashirmayapti. Uning ta’kidlashicha, mamlakat voqealarning har qanday o‘zgarishiga tayyor bo‘lishi kerak.

Madaminov O‘zbekiston bo‘yicha ham o‘z fikrini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus JSST tomonidan pandemiya deb e’lon qilinishidan bir yarim oy oldin O‘zbekiston infeksiyaning chegara orqali mamlakat hududiga kirib kelishining oldini olgan.

Avvalroq Tojikistonda karantinda bo‘lgan uch kishi vafot etgan edi. Tojikiston koronavirus xavfi sababli xorijliklarning mamlakatga kirish-chiqishini vaqtinchalik taqiqlagandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan ikki marta telefon orqali muloqot qilgandi. O‘zbekiston Tojikistonga un va antiseptiklardan iborat 18 vagon gumanitar yordam yubordi

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 143 | Добавил: Admin | Теги: O‘zbekistonlik ekspert nima uchun T | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close