Ср, 21.11.2018, 16:48
Приветствую Вас, Mexmon

10:16
O‘zbekistonlik 16 yoshli qiz Rossiyada o‘zini osib qo‘ydi
renburg viloyatining Buzuluk tumani posyolkalaridan birida 16 yoshli qiz o‘zini osib qo‘ygan holatda topildi. Uning oilasi O‘zbekistondan ko‘chib kelgan. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Buzuluk tumani voyaga yetmaganlar va vasiylik ishlari bo‘yicha bo‘limi qizcha o‘limi faktini tasdiqladi.

Bo‘lim rahbari Olga Balashevaning so‘zlariga qaraganda, oila joriy yilning yozida O‘zbekistondan ko‘chib kelgan. Sentabrda qiz maktabga borgan, oila ustidan hech qanday shikoyat bo‘lmagan, migratsiya muddatlariga rioya etilgan. Vasiylik bo‘limida qizning oilasiga ijobiy baho berilgan.

Tergov qo‘mitasida yuz bergan hodisa vaziyatlari va qizning yashash tarzi o‘rganilmoqda. Qizning o‘limi sabablari hozircha aniqlanmagan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 270 | Добавил: Admin | Теги: O‘zbekistonlik 16 yoshli qiz Rossiy | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar