09:22
O‘zbekistonga Yaponiyadan 2,5 mingga yaqin sayyoh tashrif buyuradi
2017-yilda Yaponiyaning turli
shaharlaridan O‘zbekistonga
o‘nta charter reysi tashkil
etiladi. Bu haqda O‘zbekiston
Davlat Turizm qo‘mitasi xabar
bermoqda, deb yozadi UzDaily.

Yaponiyalik sayyohlar
mamlakatga yetib kelgandan
keyingi tadbirlar CATS, Marco
Polo, Golden Road va
Shahrizoda SamStarTour
o‘zbek sayyohlik kompaniyalari
bilan hamkorlik kelishuvlari
doirasida tashkil etiladi.

Qo‘mitaning ma’lum qilishicha,
ushbu loyiha doirasida
Yaponiyadan O‘zbekistonga
2,5 mingga yaqin sayyoh
tashrif buyuradi.

Aprel oyida Samarqand
shahriga uchta reys tashkil
etiladi. Natijada 750 nafar
sayyoh O‘zbekistonga sayohat
qilish imkoniga ega bo‘ladi.

7-aprel kuni Yaponiyadan
sayyohlarning birinchi charter
reysi O‘zbekistonga yetib keldi.

Yaponiyalik sayyohlar uchun
haftalik tur O‘zbekiston va
Buyuk Ipak yo‘lining qadimiy
durdonalari hisoblanuvchi
Samarqand, Buxoro va Xiva
shaharlariga tashrif buyurishni
ko‘zda tutadi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 515 | Добавил: Admin | Теги: 5 mingga yaqin sayyoh tashrif buyur, O‘zbekistonga Yaponiyadan 2 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close