Пт, 15.11.2019, 21:56
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2741]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 267
Мини-чат
Статистика


07:28
O‘zbekistonda restoran va tungi klublarning tunda ishlash qoidalari kuchga kirdi
O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish va ko‘ngilochar muassasalarning uzluksiz faoliyat ko‘rsatish tartibini belgilovchi Vazirlar Mahkamasining qarori joriy yilning 15-oktabridan boshlab kuchga kirdi. Belgilangan sharoitlar va qoidalarga amal qilinsa, tadbirkorlar hech qanday xavotirsiz tunda o‘z faoliyatini olib borishi mumkin, deb yozmoqda Spot.

Qo‘yilgan talablar qatoridan videokuzatuv tizimining mavjudligi, shovqin me’yorlari talablariga amal qilish, tutash hududning yoritilishi va boshqalar o‘rin olgan. Kafe, restoran yoki tungi klub rahbari hududiy ichki ishlar organlariga mazkur talablarning bajarilgani haqida ma’lumot berishi kerak.

O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish muassasalarining uzluksiz yoki tunda ishlashini cheklovchi hujjat mavjud emas. Biroq bu mahalliy hokimiyat organlariga tungi reydlarni amalga oshirishga va og‘zaki topshiriq asosida tadbirkorlarni soat 23:00 dan keyin muassasani yopishga majbur qilishiga xalaqit bermadi, deb yozmoqda nashr.

Bunday reydlar natijasida barcha yutqazdi — sayyohlar norozi bo‘ldi, biznes yo‘qotishlarga uchradi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ma’lum qilinishicha, sayyohlar aynan tungi paytda ko‘proq pul sarflaydi. Shunga muvofiq ravishda, uzluksiz ishlaydigan muassasalar ko‘paysa, budjetga tushumlar ortadi.

Bundan buyon tunda ishlaydigan muassasa barcha talablarni bajarsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlar uning ishiga aralashish huquqiga ega emas.

Agar qoidalarga amal qilinmasa, tungi faoliyat taqiqlanadi, bundan tashqari bu holat belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, tunda faoliyat yuritish huquqi muassasa tomonidan qarorda belgilangan talablar buzilganda yoki jamoatchilik tomonidan uning ustidan doimiy shikoyatlar kelib tushsa, tegishli hokimiyatlar tomonidan bekor qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil avgustida Yunusobodda joylashgan Aurum 898 tungi klubida ro‘y bergan pichoqbozlik oqibatida erkin kurashchi, xalqaro toifadagi sport ustasi Jamshid Kenjayev vafot etgandi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 48 | Добавил: Admin | Теги: O‘zbekistonda restoran va tungi klu | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2019