Вс, 19.08.2018, 20:45
Приветствую Вас, Mexmon

09:46
O‘zbekistonda maktab yarmarkalari boshlandi
O‘zbekistonda joriy yil 10-avgustidan 10-sentabrigacha jami 1325 ta manzilda maktab yarmarkalari tashkil etiladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maktab yarmarkalarining 931 tasi maktablar, 293 tasi bozorlar hududi va atroflari, 528 tasi yirik savdo komplekslari va do‘konlarda ochilishi rejalashtirilgan.

Respublikadagi barcha maktab yarmarkalarida 26 turdagi zaruriy o‘quv qurollari va jihozlari sotuvi tashkil etiladi. Maktab yarmarkalari faoliyatini uyushqoqlik bilan tashkil etish va muvofiqlashtirish maqsadida mahalliy hokimliklarda mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuzilgan.

Joylarda tashkil etiladigan maktab yarmarkalariga asosiy turdagi mahsulotlarni aniqlangan ehtiyoj asosida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, “O‘zdavkitobsavdota’minoti”, “Sharq” kompaniyasi va “Sharq ziyokori” MChJ yetkazib beradi. Yetkazib berilgan mahsulotlarning saqlanishi, ularni yong‘indan saqlash, sanitariya holatini yaxshilash hamda boshqa zaruriy xavfsizlik choralari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Mahalliy hokimliklar Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi bilan birgalikda maktab yarmarkalarida savdosi tashkil etilayotgan mahsulotlarning amaldagi standartlar talablariga javob berishini hamda ularning sifatini nazorat qiladi.

Maktab yarmarkalarida sotiladigan mahsulotlar narx-navolarining sun’iy ravishda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularda to‘lov terminallarining uzluksiz ishlashini yo‘lga qo‘yish maqsadida mahalliy hokimliklar va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan doimiy nazorat yo‘lga qo‘yilgan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 28 | Добавил: Admin | Теги: O‘zbekistonda maktab yarmarkalari b | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar