09:13
O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari soni o‘zgarishsiz qoldi

O‘zbekistonda 20-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar soni o‘zgarishsiz qoldi va 1565 tani tashkil etmoqda. Bu haqda davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning “O‘zbekiston 24” telekanali orqali bergan bayonoti dalolat bermoqda.

Uning ma’lum qilishicha, hozirda Toshkentdagi uchta klinikada 371 kishi davolanmoqda, ularning 78 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilmoqda.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 94 bemor davolanmoqda, ularning 24 nafarida pnevmoniya kuzatilmoqda, to‘rt bemorning ahvoli og‘ir, bir nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 83 kishi davolanmoqda, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir.

Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 194 kishi davolanmoqda, 53 kishida pnevmoniya kuzatilmoqda, besh bemorning ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.

O‘tgan bir sutka davomida koronavirusga 11,8 mingta test o‘tkazilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad, Nurmat Otabekovning aytishicha, kasallikni erta bosqichda aniqlash va infeksiya o‘choqlarini bartaraf etish.

O‘zbekistonda 15-martdan beri 225 kishi koronavirusdan sog'aydi, besh kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etdi. Bundan tashqari, xorijda 73 o'zbekistonlik koronavirusga chalingan, ularning to‘rt nafari vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin tartibi 10-mayga qadar uzaytirildi, Respublika maxsus komissiyasi karantin davri uchun yangi tartiblarni e'lon qildi.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 141 | Добавил: Admin | Теги: O‘zbekistonda koronavirusga chalini | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close